Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniya rasmiylari Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga tegishli otlarga mukofot pullarini berishga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Arxiv. Foto: “ITAR-TASS”

Arxiv. Foto: “ITAR-TASS”

“Nihoyat aql siyosiy ig‘volardan ustun keldi. Germaniya otlarning ehtiyojlari uchun mablag‘lardan foydalanishga qo‘yilgan cheklovni olib tashladi. Xatolarini anglab, uni tuzatganlarini eshitish yoqimli”, − deb yozdi Qodirov o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

Avvalroq, Germaniyadagi ot poygalari tashkilotchilari Ramzan Qodirovning Zazu laqabli tulporining Baden-Badendagi musobaqadagi g‘alabasi uchun 5 ming yevrolik mukofot pulini berishdan bosh tortgan edi, shuningdek otlarning ehtiyojlari uchun Qodirov hisobidan foydalanish taqiqlab qo‘yilgan. Checheniston rahbari buni sharmandali vaziyat deb atab, rasmiylarni kinoyali tanqid bilan ham “siylagan” edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda nogironligi bor bolaga murojaat qilinganidan qat’i nazar nafaqa tayinlanadi
Mahalliy
O‘zbekistonda jinsiy zo‘ravonlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
Mahalliy
Amudaryoda yangi qurilayotgan temiryo‘l ko‘prigining bir qismi qulab tushdi