Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ingushetiya bilan chegarada o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida to‘rt nafar jangari yo‘q qilinganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Bir hafta oldin biz Ingushetiya hududida maxsus operatsiya boshlagan edik, u yerda bir ovchini o‘ldirib ketishgan. Men ushbu guruhni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyani shaxsan o‘zim ishlab chiqdim. Bugun ertalab ular aniqlandi va yo‘q qilindi”, − dedi Qodirov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, guruh tarkibida Sunjen rayoni vakillari ekanligi taxmin qilingan to‘rt nafar jangari bo‘lgan. Maxsus kuchlar orasida qurbon yo‘qligi aytilgan. Qodirovning ma’lum qilishicha, jangarilarning joyi yo yer ostida, yo panjara ortida bo‘lishi kerak.
Izoh (0)