Pokiston yadroviy qurol yetkazib berishi mumkin bo‘lgan “Xatf-4” o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Ham yadroviy, ham oddiy qurollarni yetkazib bera oladigan raketa 900 kilometrgacha uzoqlikda joylashgan nishonni mo‘ljalga oladi. Bu so‘nggi besh kundagi ikkinchi raketa sinovidir. Avvalroq, xuddi shunday turdagi “Xatf-6” raketasi sinovdan o‘tkazilgani xabar berilgan edi.
Ikkala sinovni ham Pokiston oliy harbiy rahbariyati kuzatib borgan. Keyinroq mamlakat prezidenti Mamnun Husayn va bosh vaziri Navoz Sharif raketani tayyorlagan olimlar va muhandislarni tabriklagan.
Izoh (0)