O‘zbekistonda 20-noyabrdan — 20-dekabrga qadar yong‘in xavfsizligi oyligi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasiga tayangan Gazeta.uz’ga asoslanib, “Kun” xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, oylik Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-noyabrdagi qaroriga asosan, har yili “kuz-qish isitish mavsumi oldidan yong‘inlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida” o‘tkaziladi.
IIVning “Postda” gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, oylik davomida aholining keng qatlami orasida yong‘in xavfsizligi choralarini ko‘rish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib boriladi.
Bundan tashqari, mahallalar va odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda, sanoat obyektlarida, o‘quv va maktabgacha ta’lim muassasalarida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)