17-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:00 ga yaqin vaqtda Qozog‘iztonning Olma-Ota shahridagi Rayimbekov ko‘chasida joylashgan Moda va dizayn kollejida granata portladi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.
Qayd etilishicha, granata Dastlabki harbiy tayyorgarlik darsida portlab ketgan. Natijada bir o‘quvchi qiz halok bo‘lgan. Sakkiz kishi, jumladan kollejda yaqinda ish boshlagan ushbu fan o‘qituvchisi jarohat olgan.
Kollejning barcha o‘quvchilari evakuatsiya qilingan. Voqea joyiga yetib kelgan Olma-ota hokimi Axmetjan Yesimov halok bo‘lgan qizning yaqinlariga hamdardlik bildirgan. Prokuratura, ichki ishlar departamenti va harbiy prokuratura vakillaridan iborat maxsus komissiya olib boradigan tekshiruvda ushbu darsda o‘quv granatasi o‘rniga harbiy granata qanday kelib qolgani oydinlashtirilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)