Singapore Airlines aviakompaniyasi samolyotidagi parvoz vaqtida Wi-Fi tarmog‘idan foydalanishga qaror qilgan TrendHunter sayti asoschisi Jeremi Gutsche ishtirokida qiziqarli holat kuzatildi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.

Foto: free.fr

Foto: free.fr

Jeremi parvoz vaqtida 30 Mb internetdan foydalangani uchun 1 171,46 dollar to‘lashiga to‘g‘ri keldi. Uning o‘zi 30 dollarlik Wi-Fi paketiga ulandim, deb o‘ylagan.

Butun parvoz davomida u jami 155 ga yaqin sahifani o‘qigan bo‘lib, ularning katta qismi elektron pochtadagi xabarlar bo‘lgan.