AQSh prezidenti Barak Obama Avstraliyaning Kvinslend universitetida qilgan chiqishida yana bir marta Rossiyani Ebola epidemiyasi kabi tahdidlar bilan bir qatorda ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
“Biz G‘arbiy Afrikada Ebola epidemiyasiga hamda Rossiyaning Ukrainaga nisbatan agressiyasiga qarshi turibmiz. Buning jahon darajasidagi tahdid ekanligi MH17 reysi urib tushirilgach yanada oydinlashdi”, − dedi Obama.
Eslatib o‘tamiz, bu AQSh prezidentining Rossiya va Ebolani tahdidlar qatorida birinchi marta birga sanashi emas. Sentabr oyida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 69-sessiyasida ham Obama xuddi shunday o‘xshatish qilgan edi.
Izoh (0)