O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati 14-noyabr, juma kuni 16-yalpi majlis davomida Konstitutsiya qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan amnistiya e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Gazeta.uz’ga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, ayollar, birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslar (bunda ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlar nazarda tutilgan), jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar, 60 yoshdan oshgan erkaklar, chet davlat fuqarolari jazodan ozod qilinishi belgilangan.
Amnistiyaga tushganlarning aniq soni keyinroq ma’lum qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2013-yil amnistiya akti 69 ming 497 nafar shaxsga nisbatan qo‘llanilgan, ulardan 3 ming 237 nafar ozodlikka chiqarilgan, qolganlarining jazo muddati qisqartirilgan, bir qator shaxslarga nisbatan esa jinoiy ishlar yopilgan edi.
Izoh (0)