O‘FF Terma jamoalar markazi serbiyalik mutaxassis Bora Milutinovich O‘zbekiston milliy terma jamoasiga maslahatchi murabbiy sifatida taklif etilgani va u bilan ikki oyga shartnoma tuzilgani haqida matbuotda paydo bo‘lgan xabarlarni rad etdi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi rasmiy saytida xabar berildi.
Terma jamoalar markazi bosh direktori Asqar Tolibjonov so‘zlariga ko‘ra, Milutinovich bilan shartnoma imzolash rejada yo‘q. Terma jamoalar markazi direktorining aytishicha, serbiyalik murabbiy Bora Milutinovich o‘z xohishiga ko‘ra O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvini ko‘rish uchun Toshkentga kelgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Mirjalol Qosimov boshchiligida OK — 2015 final bosqichiga tayyorgarlikni davom ettiradi va dekabr oyida navbatdagi yig‘inini o‘tkazish uchun BAAga jo‘nab ketadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq serbiyalik taniqli mutaxassis “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)