Turkiyaning Antaliya shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik tennischi Sanjar Fayziyev yakkalikdan so‘ng juftliklar musobaqasida ham g‘alaba qozondi va chorak finalga yo‘l oldi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Mukofot jamg‘armasi 10 ming AQSh dollaridan iborat musobaqaning juftliklar bahsida qozog‘istonlik Roman Xasanov bilan tandem hosil qilgan Fayziyev xorvatiyalik tennischilar — Franko Miochich va Franjo Raspudich hamkorligini ikki setda ham bir xil 6:3 hisobi bilan taslim etdi.
Izoh (0)