Qashqadaryo viloyati hududida joylashgan Hisor davlat qo‘riqxonasidagi qor barslari soni 50 taga yaqinlashgan. Bu haqda “Narodnoye slovo” gazetasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qo‘riqxona tashkil qilingan vaqtda qor barslarining soni atigi to‘rtta bo‘lgan. Dunyo bo‘yicha esa ushbu noyob jonivorlarning soni taxminan 4500−7300 tani tashkil etadi.
O‘zbekiston qor barslarining hayot tarzini o‘rganish va shunga qarab ularni saqlab qolish va ko‘paytirish bo‘yicha qator xalqaro loyihalarda qatnashmoqda. Jumladan, tegishli hududlarga fototuzoqlar o‘rnatish orqali qor barslarining yashash sharoitlarini o‘rganish va ularni sanashda o‘z samarasini bera boshlagan.
Izoh (0)