Fransiya parlamentida 28-noyabr kuni Falastinni davlat sifatida tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiya ovozga qo‘yiladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Deputatlar ovoz beradigan hujjat mamlakat hukumatini Falastinni davlat sifatida tan olishdan mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun vosita sifatida foydalanishga chaqiradi.
Mamlakat tashqi ishlar vaziri Loran Fabiusning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya Falastinni albatta tan oladi, faqat bu qachon va qanday amalga oshirilishi masalasi ochiq qolmoqda.
Avvalroq, xuddi shunday vaziyat Buyuk Britaniya parlamentida ham kuzatilib, deputatlar ko‘pchilik ovozi bilan tegishli rezolyutsiyani qabul qilgan edi. Shvetsiya esa Falastinni davlat sifatida rasman tan olib, bu ishni amalga oshirgan 135-davlatga aylandi. Shuningdek, Finlandiya ham Falastinni tan olishni rejalashtirgan.
Izoh (0)