Amerika Qo‘shma Shtatlarining Illinoys shtatidagi Forest Grin shahri rahbariyati aholiga shimni osiltirib yurishni taqiqlamoqchi, deb xabar bermoqda Metro.
Yangi qoidani buzuvchilar 750 dollar miqdorida jarima to‘lashi ko‘zda tutilgan. Shahar meri Entoni Kalderonning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda shimini osiltirib yurganlarga nisbatan bir necha marta shikoyatlar kelib tushgan.
Qayd etilishicha, shahar aholisining hammasi ham ushbu taqiqni qo‘llab-quvvatlamayapti. Jumladan, moda o‘rniga jinoyatchilikka qarshi kurashishga ko‘proq e’tibor qaratish lozimligi haqidagi fikrlar yangrab turibdi.
Izoh (0)