“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 2014-yil 8-noyabrdan boshlab Rossiyaning Uzoq sharqdagi markaziy shahri Xabarovsk va O‘zbekiston poytaxti Toshkent aeroportlari o‘rtasidagi parvozlarni qayta yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda UzDaily.uz xabar bermoqda.
Toshkent — Xabarovsk reyslari ikki haftada bir marotaba, 2015-yil yanvaridan esa haftasiga bir marta amalga oshiriladi. Bahor — yoz mavsumida mazkur yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni haftasiga uch marotabagacha ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Bu yo‘nalishda Boing-757 samolyotlari xizmat qiladi.
“Biz yangi reysdan ikki shahar o‘rtasida yo‘lovchilar va yuk hajmi ko‘payishini kutmoqdamiz. O‘ylashimcha, yangi yo‘nalishning ochilishi, shubhasiz, aviakompaniya (‘O‘zbekiston havo yo‘llari’)ga ham, Xabarovsk aeroportiga ham iqtisodiy foyda keltiradi. Biz samarali va muvaffaqiyatli hamkorlikka umid qilamiz”, — dedi “O‘zbekiston havo yo‘llari” vakili G‘afur Yusupov.
Izoh (0)