Marg‘ilon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro noma’lum sabab bilan qayinukasining uyiga bordi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining “Postda” nashri.
Fuqaro qayinukasinikida o‘zaro janjal chiqarib, u bilan mushtlashib ketdi. Oxiri marg‘ilonlik zo‘ravon pochcha qarindoshiga o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazdi. Jabrlanuvchi tezda shifoxonaga yotqizildi.
Zo‘ravon IIBga olib kelindi. Endi u qilmishi uchun qonun oldida javob berishga majbur, deyiladi xabarda.
Izoh (0)