Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi ayol IIBga murojaat etib, xonadoniga noma’lum kishi bostirib kirganligini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, noma’lum kimsa yotoqxonadan besh turdagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.
Murojaat asosida tergov-tezkor guruhi tomonidan tegishli choralar ko‘rildi. Ko‘p o‘tmay gumon qilinuvchi shaxs qo‘lga olindi. U jabrlanuvchining mahallasida istiqomat qiluvchi ayol bo‘lib chiqdi.
Izoh (0)