AQShning Shimoliy Karolina univeristetida juda kichik mikrofon yordamida tovushlarni tutib, ularning manbasini aniqlovchi kiborg-hasharotlarni takomillashtirish ishlari davom etmoqda. Bu haqda universitetning maxsus press-relizida ma’lum qilingan.
Ushbu texnologiya vayrongarchilik oqibatida xarobalar ostida qolib ketgan odamlarni izlab topish uchun ishlatiladi. Bu mavzudagi hisobot 5-noyabr kuni Valensiyada bo‘lib o‘tgan IEEE Sensors 2014 konferensiyasi chog‘ida taqdim etilgan.https://www.youtube.com/watch?v=oJXEPcv-FMw
Loyiha mualliflaridan biri Albert Bozkurtning so‘zlariga ko‘ra, bino vayronalari ostidagi odamlarni tovushga qarab izlash ancha oson hisoblanadi. Olimlar tomonidan ixtiro qilingan biorobotlarning birinchi guruhi barcha yo‘nalishlardagi tovushlarni tutib, qutqaruvchilarga jo‘natsa, ikkinchi guruh tovushning manbasini aynan aniqlab beradi.
Izoh (0)