Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan 2014-yil mart—noyabr oylarida “davlatga xiyonat” ayblovi bo‘yicha 36 jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Ukraina xavfsizlik xizmati raisi matbuot kotibi Yelena Gitlyanskaya ma’lumotiga tayanib, “Segodnya” xabar bermoqda.
“500 ga yaqin sobiq harbiy xodim, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning sobiq xodimlari, shu jumladan, bizning xizmatda faoliyat yuritgan shaxslar ‘davlatga xiyonat’ va josuslik qilgani uchun javobgarlikka tortildi. Ukraina mustaqillikka erishgan vaqtdan hozirgi kunga qadar davlatga xiyonat bo‘yicha to‘qqizta, so‘nggi yillarda esa faqat bitta ish ochilgan.
Joriy yilning mart oyida yangi guruh kelishi bilan Ukraina xavfsizlik xizmati tergovchilari davlatga xiyonat bo‘yicha 36 dan ziyod jinoiy ishni qayd etib, ularda 31 kishi gumon qilindi; 17 kishi hibsga olinishi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi”, — dedi Gitlyanskaya.
Ma’lum qilinishicha, 10 kishiga nisbatan “davlatga xiyonat” to‘g‘risidagi jinoiy ish bo‘yicha 10 ta ayblov hujjati ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bundan tashqari, sakkiz nafar harbiy xodimning qonunga zid faoliyati to‘xtatib qo‘yildi.
Izoh (0)