Facebook ijtimoiy tarmog‘i See less — “kamroq ko‘rish” funksiyasini ishlab chiqdi. Bu haqda The Verge ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Ushbu funksiya tarmoqdagi ayrim do‘stlaringiz yozayotgan status, surat, video, Share qilish, Like bosishlarni lentangizda kamroq ko‘rish imkoniyatini beradi. “Kamroq ko‘rish” funksiyasini ishga tushirish uchun, do‘stingiz yozgan postning tepa, o‘ng qismidagi menyuni ochasiz, u yerdan “I don’t want to see this” bandini tanlaysiz, shunda See less funksiyasi paydo bo‘ladi.
Shu paytgacha tarmoqdagi biror do‘stingizning yozgan postlari sizga yoqmasa, ularni Unfollow qilish — umuman o‘qimaslik funksiyasi mavjud edi. Shuningdek, “I don’t want to see this” bandi orqali oxirgi marta Unfollow qilgan do‘stlaringiz ro‘yxatini ko‘rishingiz va ularni qayta o‘qiy boshlashingiz mumkin bo‘ladi.
Facebook ushbu funksiyalarni veb va mobil versiyalar uchun ham tayyor holatga keltirib bo‘lgan. Tez orada ular barcha uchun foydalanishga topshiriladi.
Izoh (0)