Dushanbe chekkasidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida ro‘y bergan portlash natijasida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti”ga asoslangan Gazeta.uz’ga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Tojikiston IIV matbuot xizmati vakilining ma’lum qilishicha, 8-noyabr, shanba kuni ro‘y bergan portlash natijasida uch kishi halok bo‘lib, yana yetti kishi turli darajada tan jarohati olgan.
Halok bo‘lganlarning barchasi — ikki erkak va bir ayol — AYoQShga yoqilg‘i olish uchun kirgan Lexus avtomobili ichida bo‘lgan. Jarohatlangan yetti kishi esa shifoxonaga yotqizilgan.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, portlash gaz ballonlarini saqlash bo‘yicha texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagani sabab ro‘y bergan.
Izoh (0)