2014-yilning 14—23-noyabr kunlari Tailandning Pxuket shahrida to‘rtinchi marotaba tashkil etilayotgan Osiyo sohil o‘yinlari o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Mazkur nufuzli musobaqa dasturidan jami 26 sport turi o‘rin egallagan bo‘lib, 32 nafar sportchidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi kurash, sambo, sohil futboli, muaytay, triatlon va zamonaviy beshkurash kabi sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etadi.
O‘zbekiston delegatsiyasining dastlabki qismi Pxuket shahriga 12-noyabr kuni jo‘nab ketadi. Osiyo sohil o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi 14-noyabr kuni o‘tkaziladi.
Osiyo sohil o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan sportchilar:
Kurash — O‘ktam Ergashev (-66 kg), Davlat Abrayev (-73 kg), Sanjar To‘xtashev (-81 kg).
Muaytay — Qobilbek To‘labayev (-48 kg), Boburjon Tagayev (-60 kg), Naimjon To‘xtaboyev (-67 kg), Mansurbek Tolipov (-71 kg), Kamoljon Kozimov (-75 kg).
Sambo — Sherbek Ro‘ziyev (-68 kg), Farrux Jumayev (-82 kg), Eldor Gulyamov (-100 kg), Shahlo Yuldasheva (-52 kg), Shohista Safarova (-64 kg), Viktoriya Ozdayeva (-72 kg).
Sohil futboli — Tohir Abdurazzoqov, Furqat Azizov, Javlon Anorov, Feruz Faxriddinov, Zohid Ibragimov, Faxriddin Samegov, Farhod Mirahmedov, Oleg Tukmakov, Jamoliddin Sharipov, Akmal Choriyev.
Triatlon — Alina Xakimova, Dmitriy Zaysev, Ilyosbek Yunusov, Javohir Yunusov, Shohrux Yunusov, Zuhra Vohidova.
Zamonaviy beshkurash — Arina Jonaliyeva, Yuriy Galushko.
Delegatsiya rahbari — Bahodir Xusanxo‘jayev.
Izoh (0)