Buxoro shahrining beshinchi kichik nohiyasidagi Abdurahmon Jomiy ko‘chasi bo‘ylab joylashgan uylar aholisi hafta bsohida yog‘gan kuchli yomg‘irlardan keyin piyodalar yo‘lagida o‘tish uchun quruq joy topolmay qiynalmoqda, deb xabar berdi “Vostochniy ekspress”.
Xabarda aytilishicha, bu hududdagi yo‘lakdan o‘tib olish uchun piyodalar “haqiqiy akrobatik tryuklardan foydalanishiga” to‘g‘ri kelmoqda. O‘tish paytida avtomobil kelishi piyodalarni yanada noqulay va murakkab ahvolga solayotgani aytilgan.
Ayrim uylarda yashovchilar esa butunlay boshi berk halqaga tushib qolgan: uy hovlisiga kirib-chiqish uchun yagona yo‘l yangi bino qurilishi olib borilayotgani tufayli loyga belangan. “Vostochniy ekspress”ning ma’lum qilishicha, bu yerdagi qurilish ishlari Vazirlar Mahkamasining qurilishni tashkillashtirish qoidalari to‘g‘risidagi tegishli qaroriga muvofiq tashkil qilinmagan.
Izoh (0)