“Barselona” klubining sobiq prezidenti Xosep Luis Nunes uzog‘i bilan 10 kun ichida qamoqqa olinishi kerak, deb xabar bermoqda Stadion.uz. Nunes sudning ushbu qarori yuzasidan apellyatsiya bergan, ammo sud buni rad etgan.
Nunes ikki yil-u ikki oyga ozodlikdan mahrum etilgan bo‘lib, bunga soliq instansiyasi va Kataloniya klubi budjetidan 13 million yevroni noqonuniy o‘zlashtirgani sabab bo‘lgan. Avvalroq jamoaning sobiq ustozi Yoxan Kruiff o‘z intervyularidan birida Nunes tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni inkor etmasligini aytib o‘tgandi.
Izoh (0)