AQSh Tinch okeani ustida Aegis raketaga qarshi mudofaa tizimi yordamida ilk marta deyarli bir vaqtning o‘zida uch havo mo‘ljali −ikki qanotli va bir ballistik raketani tutish operatsiyasini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
AQSh Mudofaa vazirligi raketaga qarshi mudofaa agentligining xabar berishicha, Gavayi orollari atrofida bo‘lib o‘tgan sinovlarda John Paul Jones eskadra mina tashuvchi kemasi qatnashgan. Kauai orolidan uchirilgan uchala mo‘ljal Aegis tizimining ikki tutuvchi samolyoti yordamida ushlangan.
Bu 2002-yildan buyon Aegis dasturi bo‘yicha amalga oshirilgan 35 sinovdagi 29-muvaffaqiyatli tutish bo‘ldi. Umumiy hisobda AQSh raketaga qarshi mudofaa tizimi 2001-yildan boshlab 82 ta sinovni amalga oshirgan, ulardan 66 tasi muvaffaqiyatli chiqqan.
Izoh (0)