2014-yilning 4−9-noyabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida umumiy o‘rta ta‘lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Umid nihollari” sport musobaqalarining maktab va tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda 1-4-sinf o‘quvchilari sportning 5 ta turi bo‘yicha, 5-9-sinf o‘quvchilar 6 ta tur bo‘yicha o‘zaro bellashadilar. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.
“Umid nihollari” sport musobaqalarinig maktab va tuman (shahar) bosqchilari o‘quvchilarning kuzgi ta’til kunlarida o‘tkaziladi. Bu esa ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali tashkil etish imkonini beradi.
Shuningdek, kuzgi ta‘til kunlarida o‘quvchi-yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari, sport majmualaridagi to‘garaklar va seksiyalar, suzish havzalari to‘laqonli faoliyat ko‘rsatadi. Bugungi kunda respublikada ularning soni 65 423 tani tashkil qilib, sport to‘garaklarida 1 mln. 637 943 nafar o‘quvchilar sport bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Sport to‘garaklarida qatnashish 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul.
Izoh (0)