Namanganda muaytay bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari va Toshkent shahridan 100 nafardan ziyod sportchi 14 vazn toifasida bahslashdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Musobaqalar yakuniga ko‘ra, qoraqalpog‘istonlik Abatbay Otegenov, Jahongir Yo‘ldoshev, Muhammad Qo‘chqorov, Ubbiniyaz Turiniyazov, Namangan viloyatidan Bosit Abduolimov, Ilhom Xolmirzayev, Farrux Samijonov, Samarqanddan Temur Jabborov, G‘iyosbek Zubaydullayev, Halim Obloqulov, Bobur Tog‘ayev, Fanat Qahramonov, Surxondaryodan Kamoliddin Tursunov, Andijondan Abdulaziz Yoqubov o‘z vazn toifalarida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Umumjamoa hisobida chempionat shohsupasining birinchi pog‘onasini namanganlik muaytaychilar egalladi. Qoraqalpog‘iston hamda samarqandlik sportchilarga ikkinchi va uchinchi o‘rinlar nasib etdi.
Izoh (0)