Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida istiqomat qiluvchi uy bekasi tuman IIBga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining “Postda” nashri.
Ayol noma’lum shaxslar eshik qulfini buzib kirib, xonadonidan olti turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari va 200 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qildi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni jabrlanuvchining ikki mahalladoshi va qo‘shni qishloqda yashovchi shaxs sodir etgani fosh etildi.
Izoh (0)