Xitoyning TENAA aloqa operatori yangi Microsoft Lumia smartfonining suratlarini taqdim etdi. Bu haqda The Verge ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Ushbu smartfon Lumia 530’ning kattaroq turi bo‘ladi va u hozircha RM-1090 deb nomlangan. Bu smartfon Nokia nomisiz taqdim etilgan ilk Lumia smartfoni hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Microsoft kompaniyasi smartfonlaridan Nokia brendi nomini olib tashlashga qaror qilgan edi. Endilikda Lumia smartfonlari Microsoft nomi bilan birgalikda ishlatiladi.
Izoh (0)