Android, iOS va Windows Phone operatsion tizimlarida ishlaydigan Microsoft Band fitnes brasleti AQShda 199 dollardan sotila boshlandi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Ushbu braslet asosan sog‘likni nazorat qilish dasturlari uchun mo‘ljallangan. Unda elektron xabarlar, SMSlar, qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish mumkin. Brasletda 0,43×1,3 dyuymli displey, Bluetooth 4.0, 48 soatga yetadigan 100 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilgan. Uning og‘irligi 60 grammni tashkil etadi.
Microsoft kompaniyasi ushbu gadjetning reklama-roligini ham taqdim etdi. Unda bugungi kunda qattiq mehnat qilish va Microsoft Band brasleti esa ushbu turmushni yengillashtirishi, sog‘likka ko‘proq e’tibor qaratish uchun ishlatilishi ko‘rsatiladi.
Izoh (0)