Strategy Analytics kompaniyasi joriy yilning uchinchi choragida sotilgan smartfonlar haqida qiziqarli ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra uchinchi chorak davomida sotilgan smartfonlarning 84 foizi Android qurilmalari bo‘lgan. Ikkinchi chorakda esa ushbu ko‘rsatkich 85 foizni tashkil etar edi. Shu bilan birga, uchinchi chorakda sotilgan barcha smarfonlarning 12 foizi iPhone, 3 foizi Windows Phone va 1 foizi BlackBerry qurilmalari bo‘lgan.
Samsung kompaniyasi esa uchinchi chorakda sotilgan barcha smartfonlarning 25 foizini yetkazib bergan. O‘tgan yilning uchinchi choragida esa ushbu ko‘rsatkich 35 foizni tashkil etar edi. Smartfonlar bozorida Samsung’ning ulushi kamayishiga, Xiaomi kabi Xitoy kompaniyalarining ommalashishi sabab bo‘lmoqda.
Izoh (0)