1-noyabr, shanba kuni Rossiya Federatsiyasi Plesetsk qishlog‘idagi kosmodromdan “Topol-M” mintaqalararo ballistik raketasi sinov tariqasida uchirildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Raketaning uchirilishi ‘Topol-M’ majmuasini yaratishda qabul qilingan texnik qarorlar to‘g‘ri ekanligi, raketaning harbiy vazifalarni bajarishga tayyorligi, shuningdek, ko‘zda tutilgan obyektlarni nishonga olishda yuqori darajadagi aniqlikka egaligini yana bir bor tasdiqladi.
Raketaning o‘quv harbiy qismi Kamchatka yarimorolidagi poligonda belgilangan obyektni aniq nishonga oldi”, — dedi Mudofaa vazirligi vakili Igor Yegorov.
Izoh (0)