Portugaliyaning Madeyra viloyatida Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduga atab haykal qo‘yiladi. Bu haqda “Segodnya” nashri xabar bermoqda.
Haykalning tantanali ochilish marosimi 2014-yil 21-dekabrda bo‘lib o‘tishi va unda taniqli futbolchining o‘zi ham ishtirok etishi rejalashtirilgan. Shuningdek, viloyat hukumati Ronalduga maxsus sovrin ham topshiradi.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu Madeyra orolining bosh shahri va dengiz porti hisoblangan Funshalda dunyoga kelgan.
Izoh (0)