“Pyotr Poroshenko bloki” partiyasi Ukraina bosh vaziri lavozimi uchun mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenko tomonidan taklif etilgan Arseniy Yatsenyuk nomzodini birgalikda harakatlanish rejasi kelishib olingan taqdirda qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
“Partiyamiz yangi koalitsiya hukumatidagi bosh vazir lavozimiga Arseniy Yatsenyuk nomzodini birgalikda harakatlanish rejasi batafsil kelishib olish sharti bilan qo‘llab-quvvatlaydi”, − deyilgan partiya rasmiy saytida berilgan bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, 26-oktabr kuni Ukraina Oliy Radasiga bo‘lgan saylovlarda hozirgi bosh vazir Arseniy Yatsenyukning “Milliy front”, prezidentning “Pyotr Poroshenko bloki” partiyalari, shuningdek, “Samopomich” birlashmasi eng ko‘p ovoz to‘plagan bo‘lib, yaqin orada uchala partiya koalitsiya tuzishi kutilmoqda.
Izoh (0)