28-oktabr — 1-noyabr kunlari dunyodagi yetakchi telekanallardan biri bo‘lgan Euronews efirida Uzbekistan Life turkum dasturlari doirasida “Samarqandning bebaho merosini asrab” nomli teleko‘rsatuv namoyish etildi. Mazkur ko‘rsatuv 2—3-noyabr kunlari ham muxlislar e’tiboriga havola etiladi, deb xabar bermoqda “Jahon” axborot agentligi.

Ko‘rsatuvdan lavha. Skrinshot: “Daryo”

Ko‘rsatuvdan lavha. Skrinshot: “Daryo”

Teleko‘rsatuvda Samarqand shahrining boy madaniy va tarixiy merosi bo‘lgan mashhur Registon maydonini asrash borasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar haqida hikoya qilinadi.

“Samarqandning bebaho merosini asrab” ko‘rsatuvidan. Foto: euronews.com

“Samarqandning bebaho merosini asrab” ko‘rsatuvidan. Foto: euronews.com

Shuningdek, Amir Temur va Mirzo Ulug‘bek davrlarida o‘ziga xos “Kremniy vodiysi”ga aylangan Samarqand o‘z davrining ajoyib olimlari va mohir ijodkorlarini to‘plagani ta’kidlanadi.

“Samarqandning bebaho merosini asrab” ko‘rsatuvidan. Foto: euronews.com

“Samarqandning bebaho merosini asrab” ko‘rsatuvidan. Foto: euronews.com

Bundan tashqari, Samarqand atrofidagi Imom al-Buxoriyga bag‘ishlangan xotira majmuasiga alohida e‘tibor qaratilgan.

Ko‘rsatuvda har yili shaharning tarixiy yodgorliklarida 90 ga yaqin malakali restavrator ish olib borishi qayd etildi.

“Samarqandning bebaho merosini asrab” ko‘rsatuvidan. Foto: euronews.com

“Samarqandning bebaho merosini asrab” ko‘rsatuvidan. Foto: euronews.com

“Samarqandning bebaho merosini asrab” ko‘rsatuvini Euronews telekanali orqali 2-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 03:19, 11:19, 19:21 va 21:15 da, 3-noyabr kuni esa 16:20, 19:51 da tomosha qilish mumkin.

“Samarqandning bebaho merosini asrab” ko‘rsatuvidan. Foto: euronews.com

“Samarqandning bebaho merosini asrab” ko‘rsatuvidan. Foto: euronews.com

Eslatib o‘tamiz, Euronews telekanali Samarqand shahrida o‘tkazilgan BMT Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) Ijroiya qo‘mitasining 99-sessiyasi haqida tayyorlangan maxsus reportajni muxlislar e’tiboriga oktabr oyi boshida havola etdi. Mazkur teleko‘rsatuv bir necha million kishilik auditoriyaga namoyish etildi.

“Jahon” axborot agentligining ma’lum qilishicha, yaqin kunlarda Euronews muxlislari O‘zbekistonning yana ikki qadimiy shahri — Buxoro va Xiva haqida tayyorlangan ko‘rsatuvlarni ham tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladi.