Qozog‘iston Bosh prokuraturasi mamlakat fuqarolari Afg‘oniston, Iroq, Suriya va Ukraina hududlaridagi “qaynoq nuqtalar”ga jo‘nab ketishda davom etayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Newskaz.ru.
Prokuratura qozog‘istonlik yollanma jangchilarning ushbu mamlakatlardagi janglarda ishtirok etayotgani to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlarga egaligini ta’kidlagan. Alohida shaxslarning Ukraina janubi-sharqidagi janglarda qatnashish uchun jo‘nab ketgani to‘g‘risidagi xabarlar borligi aytilgan.Bunday harakatlar Qozog‘iston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ta’qib etilishi aytib o‘tilgan. Jumladan, Jinoyat kodeksining 162-moddasiga binoan qurolli mojarolar uchun yollanish, moliyalashtirish, shuningdek, yollanish belgilari bo‘lmagan taqdirda ham xorijiy davlatlardagi qurolli mojarolarda ishtirok etish jinoyat hisoblanadi.
Izoh (0)