AQShning Nyu-York shahri rossiyalik sayyohlar uchun dunyoning katta shaharlari ichida eng qimmat megapolis deb topildi. Bunday xulosa sentabrda bir kecha uchun belgilangan mehmonxona narxidan kelib chiqib tayyorlangan bo‘lib, mehmonxonalar narxi ularda joy buyurtma qiluvchi hotel.info onlayn-xizmatidan olingan, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Katta olma” (The Big Apple) nomi bilan tanilgan Nyu-Yorkdagi mehmonxonalar xizmatidan foydalanishni istagan mijozlar o‘tgan yilga nisbatan “bor-yo‘g‘i” 15,34 foiz ko‘proq (277 dollar) to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, reytingning ikkinchi pog‘onasidan London joy olgan bo‘lib, bu yerda sentabr oyida bir kecha uchun mehmonxona narxi o‘rtacha 200 dollar ekani aniqlandi.
Kuchli uchlikni Avstraliya poytaxti Sidney shahri yakunlab berdi. Ushbu megapolis mehmonlari sentabr oyida bir kecha uchun 199 dollar to‘lagan.
Keyingi uch o‘rinni Syurix (190 dollar), Parij (185 dollar) va Norvegiya poytaxti Oslo (184,6 dollar) shaharlari egallagan bo‘lsa, Singapurdagi mehmonxonalarda bir kecha o‘tkazish uchun o‘rtacha 184,3 dollar to‘lashga to‘g‘ri kelgan.
Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan Rio-de-Janeyro shahrida esa mehmonxonalar narxi o‘tgan yilgiga nisbatan 55 foiz ko‘proq — 177 dollarni tashkil etdi.
Keyingi pog‘onadan 170 dollar bilan Gonkong o‘rin olgan bo‘lsa, kuchli o‘nlikni Amsterdam (bir kecha uchun mehmonxona narxi 168 dollar) yakunlagan.
Izoh (0)