Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe o‘z mamlakati harbiylarini to‘liq jangovar tayyorgarlikni saqlab turishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Koreya Respublikasi rahbari Kanvondo provinsiyasidagi Vonju shahrida joylashgan harbiy bazada bo’lib o‘tgan mamlakat harbiy havo kuchlari safiga Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan FA-50 rusumidagi yangi qiruvchi samolyotlar eskadriliyasi qo‘shilishi tantanalarida ushbu bayonotni bergan.
Pak Kin Xening so‘zlariga ko‘ra, hozir xavfsizlikni ta’minlash masalasi ancha keskin tus olgan. Shuningdek, prezident Janubiy Koreyada harbiy samolyotlar ishlab chiqarilishi ko‘paytirilishi zarurligini ham ta’kidlagan.
Izoh (0)