Falastin muxtoriyati rahbari Mahmud Abbos Isroilning Sharqiy Quddusdagi so‘nggi harakatlari hamda Ibodatxona tog‘ini yopib qo‘yish borasidagi qarorini urush e’lon qilish bilan teng deb atadi. Bu haqda France-Presse agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Mazkur agressiv harakatlarning davom etishi va tortishuvning Isroil tomonidan kuchaytirilishi Falastin xalqi va uning muqaddas qadamjolariga, shuningdek, arab va musulmon xalqlariga nisbatan e’lon qilingan urushdir”, — dedi Prezident vakili Nabil Abu Rudeyna.
Avvalroq o‘ng faollardan bo‘lgan Iyeguda Glik hayotiga suiqasd qilingani tufayli Isroil Ibodatxona tog‘ini yopib qo‘ygan edi.
“RIA Novosti”da qayd etilishicha, Iyeguda Glik aholi o‘rtasida Quddusdagi Ibodatxona tog‘iga yahudiylar ham tashrif buyurishini tiklashga qaratilgan chorlovlari bilan mashhur bo‘lgan.
Izoh (0)