Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi xonadonlardan birida o‘tgan hafta (21-27-oktabr kunlari) yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV matbuot xizmatiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, xonadonda elektr jihozlardan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagan va buning natijasida yong‘in kelib chiqqan.
Sodir bo‘lgan yong‘indan uyning 2 kvadrat metr maydonida pol qismi va ko‘rpa-to‘shaklar yonib zararlangan. Yong‘in natijasida uy egasining 3 yoshli nevarasining kuygan holdagi jasadi topilgan.
Izoh (0)