Yaponiyaning Sharp kompaniyasi smartfonlar uchun 4K — 4096×2160 pikselli displey ishlab chiqarishi mumkin. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
So‘nggi uch yil ichida smartfonlar HD (1280×720), FullHD (1920×1080) va QHD (2560×1440) displeylar ketma-ketligida ishlab chiqarildi. Eslatib o‘tamiz, juda ajoyib tasvirlar ko‘rsata oladigan Samsung Galaxy Note 4 smartfoni ham 2K — 2560×1440 pikselli displeyga ega.
Sharp kompaniyasi esa smartfonlar uchun mo‘ljallangan 4K displeylarini 2016-yildan sota boshlashi kutilmoqda. Bunday turdagi displeylar 5-6 dyuymli smartfonlar uchun mo‘ljallanadi.
Izoh (0)