Qirg‘iziston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Seysmologik institut stansiyasi 2014-yil 28-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:54 da episentrida 2 ball kuchga ega zilzilani aniqlagan. Bu haqda Anons.uz xabar bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilizila markazi Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasida, Qorasuvdan 8 kilometr shimoli-sharqda, O‘sh shahridan 28 kilometr shimoli-sharqda joylashgan.
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, biror bino buzilmagan va hech kim zarar ko‘rmagan.
Izoh (0)