“Pyotr Poroshenko bloki” partiyasi Ukraina Oliy Radasida ko‘pchilikni tashkil qilish uchun koalitsiya tashkil qilish to‘g‘risidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Partiya matbuot xizmatining xabar berishicha, shartnoma loyihasi “Milliy front” hamda “Samopomich birlashmasi” siyosiy partiyalariga taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 26-oktabr kuni Ukrainada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarining 97,8 foiz natijalari hisoblangan vaqtda bosh vazir Arseniy Yatsenyukning “Milliy front” partiyasi 22,17 foiz, “Poroshenko bloki” 21,82 foiz va “Samopomich” 11,01 foiz ovozlar bilan yetakchilik qilmoqda.
Izoh (0)