2014-yilning 29-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Shveysariya Konfederatsiyasining Favqulodda va muxtor elchisi Nikolas Bruhlni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Ikki tomon ham O‘zbekiston — Shveysariya muloqotini yanada faollashtirishdan manfaatdor ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston va hozirda Shveysariya raislik qilayotgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Izoh (0)