Osiyo Kubogi — 2015da O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan KXDR terma jamoasi ayni kunlarda BAAda yig‘in o‘tkazmoqda. Yig‘in davomida koreyaliklarning bir qancha o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ham raqibni yaqindan o‘rganish maqsadida Dubayga uchib ketdi. Bu haqda “Bunyodkor” klubi matbuot xizmati vakili Abror Imomxo‘jayev o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali xabar tarqatdi.
Bosh murabbiy 31-oktabrda o‘tkaziladigan KXDR — Quvayt hamda 2-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan KXDR — Bahrayn uchrashuvlarini bevosita stadiondan kuzatadi.
Izoh (0)