Rossiya Federatsiyasi Leningrad viloyati tergov boshqarmasi tomonidan Tosnensk tumanida jismoniy tarbiya darsida o‘quvchi qizning vafot etgani munosabati bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi “TASS”.
Bu hodisa 29-oktabr kuni Telman o‘rta maktabida ro‘y berdi. Bayonotda aytilishicha, oltinchi sinfda o‘qiydigan 12 yoshli qiz birdaniga o‘zini behol sezgan va hushidan ketgan. Shu bilan o‘ziga kelmasdan, maktab muassasida joni uzilgan.
Ayni damda zarur surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda, voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda. Tibbiy sud ekspertizasi ham o‘z faoliyatini boshlagan.
Izoh (0)