“YuKOS” sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy va muxolifatchi Aleksey Navalniy Rossiya huquq muhofazachilaridan jabr ko‘rganlarga mukofot puli berishga qaror qildi. Bu haqda Xodorkovskiyning Twitter’dagi mikroblogiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
“MBX (Mixail Xodorkovskiy) va Navalniy RF sud-huquq tizimidan jabr ko‘rganlar uchun mukofot ta’sis etadi”, — deyiladi mikroblogda.
Xodorkovskiy firibgarlik va o‘g‘rilik uchun sud hukmi bilan o‘n yildan ortiq yilni qamoqda o‘tkazgan. Navalniy ham poraxo‘rlik uchun sudlangan. Ayni paytda muxolifatchi uy qamog‘iga mahkum etilgan.
Izoh (0)