Shimoliy Koreya aholisi orasida unashtiruv marosimida uzuk o‘rniga telefon sovg‘a qilish ommalashib bormoqda, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
KXDR yoshlari orasida mobil telefon borligi jamiyatda yaxshi o‘rin egallaganidan dalolat beradi, turmushga chiqmagan qizlar esa o‘zlariga bunday aloqa vositasini sotib olishga qurblari yetmaydi. Shuning uchun ham mamlakatning kichik va o‘rta shaharlarida to‘y sovg‘asi sifatida telefon berish rusum bo‘lmoqda.
Shimoliy Koreyada oddiy mobil telefon 200-300 dollar (25 ming von), smartfon esa 400 dollar turadi. Ishchilarning o‘rtacha oylik maoshi 3 ming von (3 dollar) ni tashkil etadi.
2013-yil may oyidagi ma’lumotga ko‘ra, Shimoliy Koreyada mobil aloqa foydalanuvchilari soni 2 milliondan iborat bo‘lgan. Mobil telefon mamlakat aholisining o‘n ikkidan birida bor.
Izoh (0)