Ukraina Milliy xavfsizlik kengashi axborot markazi rahbari Andrey Lisenko Kiyev Rossiyaning navbatdagi gumanitar konvoyi to‘g‘risida hech qanday rasmiy hujjatlarni olmaganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.
Avvalroq, Rossiya Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlariga 50 yuk mashinasiga ortilgan gumanitar yuk yuborgani xabar berilgan edi. Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi bundan xabardorligini, lekin uni tashkillashtirishda ishtirok etmayotganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina sharqiga bundan oldin ham 3 marta − 22-avgust, 13-sentabr va 20-sentabr kunlari Rossiya tomonidan gumanitar konvoy jo‘natilgan edi.
Izoh (0)