Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQSh, Niderlandiya va Xitoy olimlari soniyasiga 255 terabitgacha bo‘lgan tezlikda axborot uzatish qobiliyatiga ega bo‘lgan yangi tola yaratdi. O‘z tadqiqotlari natijalarini mualliflar Nature Photonics jurnalida e’lon qildi.

Optik tolaga bitta o‘zak o‘rniga yettitasi kiritildi. Foto: nature.com

Optik tolaga bitta o‘zak o‘rniga yettitasi kiritildi. Foto: nature.com

Yangi materialning o‘tkazuvchanlik qobiliyati eng yaxshi zamonaviy kabellarnikiga (soniyasiga 7—8 terabit) qaraganda 21 marta yuqoridir. Olimlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, texnologiyalar rivojlanib borgani sari axborot uzatish tezligining oshishiga bo‘lgan talab ham geometrik progressiyada oshib bormoqda.

Oddiy optik tolaning o‘zagi butun kabel bo‘ylab o‘tgan plastik yoki shishadan iboratdir. Uning atrofidagi muhit yorug‘likni o‘zidan tashqariga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Tadqiqotchilar so‘zlariga ko‘ra, ular standart yorug‘lik o‘tkazuvchidagi bitta o‘zak o‘rniga yettitasini ishga tushirishga muvaffaq bo‘lgan.

Shuningdek, mutaxassislar bitta tolaga har biri alohida axborotni tashuvchi bir nechta chastota kanallarini kiritgan. Biroq tolaning diametri deyarli o‘zgarmasdan qolgan.

Olimlar o‘zlarining ixtirosini ko‘p polosali yo‘lga qiyosladi, bunda bir o‘zakli tolani esa bir polosali yo‘lga tenglashtirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda tezlik pasaytirilishi kutilmoqda
Mahalliy
“O‘zbekona urf-odatlarga to‘g‘ri kelmaydigan raqs”. Navoiyda raqsga tushgan qizlarning ota-onalariga chora ko‘rildi (video)
Dunyo
Alla Pugachyova farzandlari bilan birgalikda Rossiyani tark etdi