Qirg‘izistonlik taniqli tadbirkor, “YevrAzES-Qirg‘iziston” ish kengashi rahbari Raykan Alkanov tanasining 15 joyiga pichoq orqali jarohat yetkazilgan holda shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi axborotiga tayanib “Noviy vek” xabar bermoqda.
Huquqni muhofaza qilish organlari xabariga ko‘ra, tadbirkor shaxsiy ishlari bilan Bishkekdan Talasga borgan. Haydovchini uni uyiga eltib qo‘yib, o‘zi ketib qolgan. Ertalab esa uni jarohatlangan holda topib, tez yordam chaqirgan. Alkanov Bishkekka olib keltirilib, operatsiya qilingan.
Raykan Alkanov Bishkekdagi eng katta bozorning xo‘jayini, “Alkanov va K°” kompaniyasi prezidenti, Qirg‘iziston urush, mehnat, qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlari faxriylari tashkiloti raisi o‘rinbosari, MDH davlatlari Faxriylar kengashi muvoqlashtirish qo‘mitasi a’zosi hisoblangan. Shuningdek, u qirg‘iz OAVlari versiyasi bo‘yicha respublikaning eng yirik 100 tadbirkori ro‘yxatiga kirgan.
Izoh (0)